Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston Respublikasining O‘mondagi elchixonasi

Umumiy ma'lumot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VIZASI

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar faqat viza asosida O‘zbekiston hududiga kirishlari va uning hududi orqali tranzit o‘tishlari mumkin.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga vizalar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida viza talabnomasi (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tasdig‘i) asosida beriladi.

Viza talabnomasi O‘zbekiston hududida doimiy yoki vaqtincha joylashgan yuridik va jismoniy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yozma iltimosnomasi asosida rasmiylashtiriladi.

Yuridik shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- Tashkilotning rasmiy blankida to‘ldirilgan, o‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 48 kb); 
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa;  
- Taklif qilinayotgan shaxsning, tashkilot rahbarining va tashkilotning hujjatlarini topshirishga vakolatli xodimining pasportlari nusxalari; 
- Tashkilotning rasmiy hujjatlari nusxalari (litsenziya, sertifikat, guvohnoma va hk.); 
- Tashkilot rahbari va vakolatli xodimining ishga joylashish to‘g‘risidagi buyruqlari nusxalari; 
- Tashkilotning vakolatli xodimi nomiga berilgan ishonchnoma nusxasi; 
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari; 
- Taklif qilinayotgan shaxsning ish joyidan ma’lumotnoma.

Jismoniy shaxslar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

- O‘rnatilgan namunadagi Viza talabnomasi (doc, 45 kb); 
- evisa.mfa.uz saytidan olingan elektron anketa; 
- Taklif qilinayotgan va taklif qilayotgan shaxslarning pasportlari nusxalari; 
- Ichki ishlar organlari tomonidan olingan taklifnoma ruxsatining asli; 
- Qarindoshlik aloqalarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (agar bo‘lsa); 
- Viza Toshkent shahrining aeroportida olinishi mo‘ljallangan holatlarda - aviachipta yoki bron nusxalari.

Yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim qilingan yozma iltimosnomalari 10 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar viza olish uchun O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

- pasport yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hujjati (ushbu hujjatlarning amal qilish muddati viza muddatidan kamida 3 oydan ko‘p bo‘lishi lozim); 
- 2 nusxada to‘liq to‘ldirilgan viza talabnomasi; 
- 2 ta rangli fotosur’at (pasport o‘lchamida).

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tranzit viza olishlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari ketayotgan davlatning vizasi va O‘zbekistondan chiqib ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlariga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu holda viza talabnomasini ko‘rib chiqish muddati 3 kunni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik muassasasi yoki konsullik vakolatxonasi bo‘lmagan davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vizani O‘zbekistonga kelib, Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektoridan olishlari mumkin. Buning uchun O‘zbekiston hududidagi taklif qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs o‘rnatilgan tartibda oldindan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilishi, Konsullik boshqarmasining Viza bilan ta’minlash bo‘limidan tegishli tasdiq (shtamp) olishi va uni taklif qilinuvchi shaxsga yuborishi lozim. Mazkur tasdiq taklif qilinuvchi shaxs tomonidan aviachipta xarid qilish va o‘z davlatidagi pasport tekshiruvidan o‘tish paytida taqdim etiladi va ushbu hujjat asosida Tashqi ishlar vazirligining «Toshkent» xalqaro aeroportidagi viza bilan ta’minlash sektorida unga viza rasmiylashtiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq vizalarni rasmiylashtirish va berish uchun quyidagi konsullik yig‘imlari o‘rnatilgan:

a) Bir martalik vizalar uchun:

7 kungacha — 40 AQSh dollari; 
15 kungacha — 50 AQSh dollari; 
30 kungacha — 60 AQSh dollari; 
3 oygacha — 80 AQSh dollari; 
6 oygacha- 120 AQSh dollari; 
1 yilgacha — 160 AQSh dollari.

Izoh: har bir qo‘shimcha kirishlar soni uchun tariflar stavkasi 10 AQSh dollariga oshiriladi.

b) Ko‘p martalik vizalar uchun:

6 oygacha- 150 AQSh dollari; 
1 yilgacha — 250 AQSh dollari.

c) Tranzit vizalar uchun:

72 soatgacha — 40 AQSh dollari; 
ikki martalik tranzit viza uchun — 50 AQSh dollari.

d) Guruh vizalari uchun (guruhda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalardan tashqari kamida 5 kishi bo‘lishi lozim):

15 kungacha — 15 AQSh dollari (har bir kishi uchun); 
30 kungacha — 25 AQSh dollari (har bir kishi uchun).

Bundan tashqari viza berish paytida viza rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy harajatlarni qoplash uchun yig‘imlar undiriladi. Bunday yig‘imlarning miqdori viza rasmiylashtirilayotgan joyga bog‘liqdir (murojaat qilayotgan shaxsning fuqaroligidan qat’iy nazar).

Izoh: O‘zbekiston Respubliksasi bilan tegishli ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar tuzgan davlat fuqarolariga nisbatan O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirishning boshqacha tartibi joriy qilingan bo‘lishi mumkin.

O‘ZBEKISTONNING ALOHIDA DAVLATLAR BILAN VIZA TARTIBI

1. Qirg‘iziston (60 kungacha), Tojikiston (30 kungacha), Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Rossiya va Ukraina bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

2. Andorra, Argentina, Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Braziliya, Bruney-Dorussalom, Buyuk Britaniya, Daniya, Estoniya, Finlandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Indoneziya, Irlandiya, Islandiya, Ispaniya, Isroil, Italiya, Kanada, Kipr, Koreya, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Luksemburg, Malayziya, Malta, Mo‘g‘uliston, Monako, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, San-Marino, Serbiya, Singapur, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Vatikan, Vengriya, Xorvatiya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya, Chernogoriya, Chexiya, Chili fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz tartib joriy etilgan.

Vizasiz tartib tashrif maqsadidan qat’iy nazar mazkur davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga 30 kungacha bo‘lgan muddatga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan har qanday turdagi pasport (diplomatik, xizmat va fuqarolik pasportlari) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur davlatlar fuqarolari ushbu tartibda O‘zbekiston Respublikasiga amaldagi milliy pasport yoki xorijiy davlatlarga chiqishda foydalanadigan boshqa hujjat asosida kirishlari mumkin.

Vizasiz tartib yuqoridagi davlatlarda doimiy yashovchi fuqaroligi yo‘q shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Vizasiz tartib O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan kundan boshlab 30 kun davomida amal qiladi. Chet el fuqarosi 30-kun tugaguniga qadar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi lozim. Chet el fuqarosi tomonidan 30 kunlik muddatning o‘tkazib yuborilishi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi qoidalarini buzish deb hisoblanadi.

Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida 30 kundan ko‘p muddatga kelmoqchi bo‘lsa belgilangan tartibda tashrif maqsadiga muvofiq ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizasini olishi lozim bo‘ladi.

3. 16 yoshga to’lmagan xorijiy fuqarolar uchun O’zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish tartibi o’rnatilgan, bunda ushbu fuqarolar qonuniy vakillari hamrohligida bo‘lishlari va biometrik o‘tish hujjatiga ega bo‘lishlari talab etiladi va O‘zbekiston hududida hamroh shaxsning vizasi amal qilish davrida, lekin 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda bo‘lishlari mumkin.

4. Tojikiston, Turkmaniston, Vengriya va Xitoy (30 kungacha), Koreya Respublikasi va Vetnam (60 kungacha), Braziliya, Estoniya,Kuvayt, Latviya, Polsha, Ruminiya, Singapur, Slovakiya va Turkiya (90 kungacha) diplomatik pasport egalari uchun vizasiz tartib joriy etilgan. Ushbu davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalarida diplomatik pasport egasi bo‘lgan xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari xizmat muddati davomida O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz kirish va bu yerda bo‘lish huquqiga egadirlar.

5. Chet el fuqarolariga elektron kirish vizasi tartibi (e-visa.gov.uz) joriy etilgan va O‘zbekiston Respublikasi elektron vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan.

2019-yil 15-martdan boshlab 30 kunlik amal qilish muddati bo‘lgan elektron visa tizimining quyidagi turlari joriy etiladi: 
- ikki martalik, konsullik yig‘imi 35 AQSh dollari miqdorida; 
- ko‘p martalik, konsullik yig‘imi 50 AQSh dollari miqdorida.

6. O‘zbekistonga besh kungacha vizasiz kirish tartibi 2-ilovadagi davlatlat fuqarolariga nisbatan joriy etilgan bo‘lib, bunda chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari orqali tranzit bilan ketayotganlari va uchinchi mamlakatga O‘zbekiston Havo yo‘llari Milliy aviakompaniyasining uchish chiptasiga ega bo‘lishlari lozim. Ushbu amaliyot O’zbekistonning diqqatga sazovor joylari bilan tanishishni istagan tranzit yo’lovchilarga nisbatan qo’llaniladi;

7. O‘zbekiston va Yaponiya o‘zaro kelishuv asosida vizalarni konsullik yig‘imlari undirmasdan beradilar.

 

 

1-ilova

Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati

1. Albaniya Respublikasi 
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari 
3. Angola Respublikasi 
4. Antigua va Barbuda 
5. Bagama Orollari Hamdo‘stligi 
6. Bahrayn Qirolligi 
7. Bangladesh Xalq Respublikasi 
8. Barbados 
9. Beliz 
10. Birlashgan Arab Amirliklari 
11. Butan Qirolligi 
12. Dominikana Hamdo‘stligi 
13. Dominikana Respublikasi 
14. Ekvador Respublikasi 
15. El-Salvador Respublikasi 
16. Fiji Respublikasi 
17. Filippin Respublikasi 
18. Gabon Respublikasi 
19. Gana Respublikasi 
20. Gayana Kooperativ Respublikasi 
21. Gonduras Respublikasi 
22. Grenada 
23. Gvatemala Respublikasi 
24. Hindiston Respublikasi 
25. Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi 
26. Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi 
27. Kabo-Verde Respublikasi 
28. Kambodja Qirolligi 
29. Kamerun Respublikasi 
30. Kiribati Respublikasi 
31. Ko‘p millatli Boliviya Davlati 
32. Kolumbiya Respublikasi 
33. Koreya Xalq Demokratik Respublikasi 
34. Kosta-Rika Respublikasi 
35. Kot-d’Ivuar Respublikasi 
36. Kuba Respublikasi 
37. Kuvayt Davlati 
38. Laos Xalq Demokratik Respublikasi 
39. Livan Respublikasi 
40. Makedoniya Respublikasi 
41. Maldiv Respublikasi 
42. Marokash Qirolligi 
43. Marshall Orollari Respublikasi 
44. Mavrikiy Respublikasi 
45. Meksika Qo‘shma Shtatlari 
46. Mikroneziya Federativ Shtatlari 
47. Misr Arab Respublikasi 
48. Nauru Respublikasi 
49. Nepal Federativ Demokratik Respublikasi 
50. Nikaragua Respublikasi 
51. Palau Respublikasi 
52. Panama Respublikasi 
53. Paragvay Respublikasi 
54. Peru Respublikasi 
55. Qatar Davlati 
56. Samoa Mustaqil Davlati 
57. Saudiya Arabistoni Qirolligi 
58. Senegal Respublikasi 
59. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi 
60. Sent-Lyusiya 
61. Sent-Vinsent va Grenadin 
62. Seyshel Orollari Respublikasi 
63. Solomon Orollari 
64. Surinam Respublikasi 
65. Tailand Qirolligi 
66. Tonga Qirolligi 
67. Trinidad va Tobago Respublikasi 
68. Tunis Respublikasi 
69. Urugvay Sharqiy Respublikasi 
70. Vanuatu Respublikasi 
71. Venesuela Bolivar Respublikasi 
72. Vetnam Sotsialistik Respublikasi 
73. Xitoy Xalq Respublikasi 
74. Yamayka 
75. Shri-Lanka Demokratik Sotsialistik Respublikasi 
76. O’mon Sultonligi

 

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, zarur hollarda, ayrim davlat fuqarolari uchun 30 kungacha bo‘lgan muddatda elektron kirish vizalarini olish yuzasidan cheklovlar belgilash huquqiga ega.

 

2-ilova

O‘zbekiston Respublikasiga vizasiz tranzit kirish va 5 kungacha bo‘lish tartibi quyidagi davlatlar fuqarolari uchun joriy etilgan

1. Albaniya 
2. Amerika Qo‘shma Shtatlari 
3. Antigua va Barbuda 
4. Bagama 
5. Bahrayn 
6. Barbados 
7. Beliz 
8. Birlashgan Arab Amirliklari 
9. Butan 
10. Dominika 
11. Dominikan Respublikasi 
12. Ekvador 
13. Ekvatorial Gvineya 
14. Fiji 
15. Filippin 
16. Gabon 
17. Gayana 
18. Gonduras 
19. Grenada 
20. Gvatemala 
21. Hindiston 
22. Janubiy Afrika Respublikasi 
23. Jazoir 
24. Kolumbiya 
25. Kosta-Rika 
26. Kuvayt 
27. Livan 
28. Makedoniya 
29. Maldiv orollari 
30. Marokash 
31. Mavrikiy 
32. Meksika 
33. Nauru 
34. Palau 
35. Panama 
36. Peru 
37. Qatar 
38. Sant-Kits va Nevis 
39. Saudiya Arabistoni 
40. Sent Lyusiya 
41. Sent-Vinsent va Grenadina 
42. Seyshel Orollari 
43. Surinam 
44. Tailand 
45. Trinidad va Tobago 
46. Tunis 
47. Turkmaniston 
48. Urugvay 
49. Venesuela 
50. Vetnam 
51. Xitoy 
52. Yamayka 
53. Shri-Lanka 
54. O‘mon

 

Izoh: O'zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish va uni uzaytirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik vakolatxonalarga xizmat ko'rsatish boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.