Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

2025-yil 21-avgust kuni mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrifi doirasida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi.



2025-yil 21-avgust kuni mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Qatarga tashrifi doirasida Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi.

Suhbat juda ochiq va samimiy ruhda o’tdi. Tomonlar Qatarning taraqqiyotidagi hayratlanarli yutuqlarini qayd etib, O‘zbekiston hamda Qatarning savdo, investitsiya, innovatsiya, ta’lim va madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildi. Xalqlarimiz farovonligiga bevosita xizmat qiladigan yangi imkoniyatlarni ochishga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar kelajak sari yo‘naltirilgan, ishonch, o‘zaro hurmat va samimiy do‘stlikka asoslangan qat’iy sadoqatlarini bildirdilar.

Vazir ta’kidlashicha, O‘zbekiston Qatarni ishonchli va doimiy hamkor sifatida qadrlaydi va bugungi ijobiy ruhni yanada yaqinlashtiradigan amaliy tashabbuslarga aylantirishni intiqlik bilan kutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashdi.

Muzokaralar har tomonlama va konstruktiv ruhda o‘tib, mintaqaviy va global mavzularning keng doirasini qamrab oldi.

Tomonlar atrofimizda yuz berayotgan dolzarb o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashdi hamda ikki birodar mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Bundan tashqari, vazirlar birgalikda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi Strategik sheriklik bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishiga raislik qildi.

Kun tartibi juda keng va sermazmun bo‘lib, ikki va ko‘p tomonlama hamkorligimizning butun ko‘lamini qamrab oldi. Siyosiy muloqot va savdodan tortib investitsiyalar, innovatsiyalar va o‘zaro bog‘liqlik soholarigacha barcha asosiy yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tashrif doirasida, shuningdek, Qatar Bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa ishlari bo‘yicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdurahmon bin Hasan bin Ali Ol Soniy bilan ham uchrashuv bo‘lib o’tdi.

Qayd etildiki, O‘zbekiston va Qatar barcha yo‘nalishlarda, jumladan, mudofaa sohasida misli ko‘rilmagan darajadagi hamkorlikni namoyish etmoqda. Suhbat chog'ida mintaqaviy va global xavf-xatarlar kuchaygan davrda harbiy hamkorlik, tajriba va bilim almashish, sa’y-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish masalalar muhokama qilindi.

Mazkur muloqot strategik sheriklikni chuqurlashtirish, mintaqalarimizda va undan tashqarida tinchlik, xavfsizlik va farovonlikni mustahkamlash yo‘lida birgalikda ish olib borish muhimligini ta’kidladi.



  ...