Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

2025-yil 21-avgust kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati o‘rtasida Strategik sheriklik bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tomonlar birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.



2025-yil 21-avgust kuni Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qatar Davlati o‘rtasida Strategik sheriklik bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tomonlar birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qat’iy sodiqligini yana bir bor tasdiqladilar.

Yig‘ilishga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy raislik qildilar.

Mazkur kengash 2024-yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi bitim doirasida tashkil etilgan bo‘lib, oliy darajadagi kelishuvlarning samarali ijrosini ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini ochish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

Qatar TIV rahbari O‘zbekiston delegatsiyani samimiy qutlab, Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni yanada kengaytirishga qaratilgan Muvofiqlashtiruvchi kengash ishiga muvaffaqiyatlar tilaganini yetkazdi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston TIV rahbari delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomini hamda ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va chuqurlashtirish borasidagi qat’iy niyatini yetkazdi.

Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy 2025-yil 30-oktabrdan 13-noyabrigacha Samarqand shahrida o‘tkaziladigan YUNESKO Bosh konferensiyasi hamda 2026-yilda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Ko‘rfaz Arab mamlakatlari – Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitini olqishladi.

Vazir Baxtiyor Saidov 2025-yil 4–6-noyabr kunlari Dohada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi Jahon ijtimoiy sammiti o‘tkazilish joyi sifatida Qatar poytaxti tanlanganini va Qatarning 2036-yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun ariza topshirish niyatini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.

Muzokaralar chog‘ida asosiy e’tibor siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, akademik, ilmiy va madaniy almashinuvni rivojlantirish, yoshlar va sport sohasidagi hamkorlikni ilgari surish, transport bog‘liqligini yaxshilash, shuningdek ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishi masalalariga qaratildi.

Qatar va O‘zbekiston o‘zaro hurmat, tenglik va pragmatizm tamoyillariga asoslangan keng qamrovli ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qiziqishini tasdiqladi. Tomonlar muntazam oliy darajadagi o‘zaro tashriflar va delegatsiyalar almashinuvining faollashtirish O‘zbekiston–Qatar strategik sherikligini yanada kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Qatar va O‘zbekiston delegatsiyalari rahbarlari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlikni chuqurlashtirish, o‘zaro manfaatli siyosiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish hamda ikki mamlakat manfaatlariga xizmat qiluvchi tarzda xalqaro forumlarda nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini o‘rganish muhimligini qayd etdi.

Tomonlar investitsiya va savdoni rivojlantirishni o‘z ichiga olgan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlarni davom ettirish zarurligini ta’kidladi. Ikki mamalakatning biznes imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumot almashish, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma choralarni amalga oshirish, ko‘rgazma va biznes forumlarini tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Qatar Tog‘-kon kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Tadbir do‘stlik va hamkorlik ruhida yakunlandi. Tomonlar Strategik sheriklik bo‘yicha “O‘zbekiston – Qatar” Muvofiqlashtiruvchi kengashining ikkinchi yig‘ilishini Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishib olindi.

Kengashning ilk yig‘ilishi Qatar va O‘zbekiston o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda muhim bosqich bo‘lib, kelgusi yillardagi hamkorlik uchun mustahkam asos yaratdi.



  ...