Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov joriy yilning 29 sentyabrida O‘mon tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa al-Harisiy janoblari bilan uchrashdi.



O‘zbekistonning O‘mondagi Elchisi Abdusalom Xatamov joriy yilning 29 sentyabrida O‘mon tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa al-Harisiy janoblari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati yuzasidan mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Turli sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilishdi. Shayx Xalifa muqaddam O‘mon Sultonligining Hindistondagi diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilgani va u yerning hukmdorlari tarixi bilan qiziqishini bila turib, u kishiga A.Xatamov tomonidan kichik tuhfa sifatida Boburiylar imperiyasining asoschisi, Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi, uning hukmronlik davri va merosi borasida so‘zlovchi kitobni mamnuniyat bilan taqdim etildi. Ushbu kitob misrlik turkolog olima, professor Majida Maxluf tomonidan ilk bor arab tiliga tarjima qilinib, Misrdagi elchixonamiz tomonidan nashr etilgan. Uchrashuv so'ngida, Muzokaralar davomini va o‘zaro hurmatga asoslangan hamkorlikni mustahkamlanishini intiqlik bilan kutib qolinishi aytib o'tildi.



  ...