
Joriy yilning 21 oktabr kuni O‘zbekistonning O'mon Sultonligidagi elchisi Abdusalom Xatamov Eron Islom Respublikasining O'mondagi elchixonasiga tashrif buyurib, hurmatli hamkasbi, Eronning O'mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Mousa Farhang bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan o‘zaro manfaatli masalalar muhokama qilindi va bir qator dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat iliq, samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Abdusalom Xatamov hurmat va do‘stlik belgisi sifatida Musa Farhang janoblariga buyuk sarkarda, shoir, Hindistondagi Boburiylar saltanatining asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi kitobni sovg‘a qildi.