
O'zbekistonning O'mondagi Elchihonasi tashabbusi bilan O'mon Savdo-sanoat palatasi boshqaruv kengashi a'zosi, "Siham Development & Investment" shirkati boshqaruv kengashi raisi, yirik tadbirkor Siham al-Harisi "Dunyo" AA uchun intervyusida Samarqandda o'tkazilayotgan YUNESKO konferensiyasi haqida o'z fikrlarini bildirdi:
Samarqand shahrining YUNESKOning 43-Bosh konferensiyasiga mezbonlik qilishi haqiqiy jahon miqyosidagi voqeaga aylandi.
Bu konferensiya ilk bor Parijdan tashqarida, o'zining boy madaniy merosi bilan butun dunyo sayyohlari uchun sevimli maskanga aylangan, mana shu qadimiy shaharda o'tkazilayotgani – madaniyatlararo muloqot va jahon merosini o'rganishda sifat jihatidan yangi bosqichni anglatadi.
Samarqand azaldan shaharlarni bog'lovchi ko'prik sifatida mashhur bo'lgan va bugun ushbu nufuzli konferensiyaning o'tkazilishi bejizga emas.
Samarqandda 200 mamlakatdan kelgan rasmiy shaxslarning ishtirok etishi, shubhasiz, sivilizatsiyalar o'rtasidagi muloqot maydoni va o'zaro fikr almashish maskaniga aylantirdi.
Bu xalqlar o'rtasidagi yirik uchrashuv sun'iy intellekt inson hayotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, yoki u madaniy va tarixiy merosni yo'qotishga olib keladi, degan noto'g'ri qarashlarni yo'qqa chiqaradi. Aksincha, sun'iy intellektni to'g'ri yo'naltirish orqali jahon merosini asrash va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash mumkin.
Fikrimcha, Samarqandda bo'lib o'tayotgan YUNESKO konferensiyasi O'zbekiston uchun muvaffaqiyat kaliti bo'lib, xalqaro maydonda mamlakat madaniyati, turmush tarzi va ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlarini namoyish etish imkonini beradi.