
2025-yil 2-noyabr kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi raisining o‘rinbosari janob Dovud al-Kiyumiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida, jumladan, arab tili o‘qitiladigan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalarining malakasini oshirishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun A. Xatamov tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, tomonlar Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘mon Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi o‘rtasidagi kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.