
O'monning nufuzli nashrlaridan biri hisoblangan "Oman" gazetasining sobiq muxbiri, jurnalist Salim al-Xusayni O'zbekiston sharafiga qasida yozdi. Joriy yilning sentyabr oyida do'stlari bilan O'zbekistonga tashrif buyurgan jurnalist, yurtimizning shonli tarixi, betakror tabiati, o'ziga xos madaniyati va buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosidan ilhomlanganini ta'kidladi. Ushbu qasida O'monning al-Takween elektron gazetasida chop etildi va yana bir o'monlik tadbirkor Abdullah al-Rahbi tomonidan nashida sifatida kuylandi. Jumladan, qasidada: "O'zbekiston… ulug'lar zamini sen, Shon-shuhratlar manbai, ardoqli Vatan", kabi go'zal misralar qalamga olingan. Mazkur yurtimiz sharafiga bag'ishlangan qasida va nashida O'zbekiston–O'mon o'rtasidagi do'stona va chuqur hurmatga asoslangan munosabatlarning o'ziga xos ramzi bo'ldi.