Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

Joriy yilning 17-fevral kuni O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Elchixonasi tomonidan Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Samiyev hamda Shri-Lankaning sobiq Atrof-muhit vaziri, turli mamlakatlardan salohiyatli investorlarni jalb etish imkoniyatiga ega bo‘lgan Nasser Ahamed o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad Samarqand viloyatining investitsiya salohiyatini yanada kengaytirish hamda o‘zaro hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida tomonlar viloyatdagi mavjud investitsiya imkoniyatlari, ustuvor tarmoqlar hamda o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini batafsil muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida joriy yilning mart oyida janob Nasser Zaynulabdin boshchiligida tadbirkorlardan iborat biznes missiyani Samarqand viloyatiga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

  ...