Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov Jazoirning sobiq prezidenti Lamin Zerual vafoti munosabati bilan ushbu davlatning Masqatdagi elchixonasiga tashrif buyurdi hamda Elchixona nomidan Jazoir xalqiga va hurmatli elchi Muhammad Bougaziga hamdardlik izhor etildi.

Jazoirni 1994 yildan 1999 yilgacha boshqargan Lamin Zerual 1941 yil 3 iyulda Jazoirning Batna shahrida tug‘ilgan. U 16 yoshidan Milliy ozodlik armiyasida xizmat qilgan bo‘lib, ushbu armiya Jazoirni fransuz hukmronligidan ozod qilish uchun kurash olib borgan. 1962 yilda mustaqillik e’lon qilinganidan so‘ng u Moskva va Parijda tahsil olgan.
Jazoirga qaytgach, L.Zerual harbiy, keyinchalik esa siyosiy faoliyatini davom ettirgan. Jumladan, 1990–1991 yillarda u Jazoirning Ruminiyadagi elchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
 
  ...