Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligidagi nufuzli va yirik kompaniyalardan biri — AL Rawahy Holding LLC bosh qarorgohiga tashrif buyurib, boshqaruv kengashi raisi, muhtaram shayx Aflah ar-Ravohiy bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuv tomonlar uchun yuksak sharaf va katta mamnuniyat bag‘ishladi.

Tashrif davomida qarorgoh hududida shayx Aflah tashabbusi bilan barpo etilgan kutubxona hamda unda saqlanayotgan Islom dini va madaniyatiga oid noyob qo‘lyozmalar bilan yaqindan tanishildi. Mazkur maskan mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi. Shayx Aflah tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu va ma’rifiy ishlar yuksak e’tirofga loyiq ekani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida shayx Aflah o‘z qalamiga mansub “Beshikdan qabrgacha bo‘lgan yo‘l. Sayohatga hozirlik ko‘rish” nomli kitobini sovg‘a qildi. O‘z navbatida, O‘zbekistonning O‘mondagi elchisi A. Xatamov shayx Aflah kutubxonasi uchun buyuk sarkarda, davlat arbobi va shoir Zahiriddin Bobur qalamiga mansub “Boburnoma” asarining arab tiliga ilk bor tarjima qilingan nusxasini hadya etdi.

Tomonlar AL Rawahy Holding LLC kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik investitsion va infratuzilmaviy loyihalarda faol ishtirok etishi, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

  ...