Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov Yaman Respublikasining sobiq prezidenti feldmarshal Abdurabbu Mansur Hadi vafoti munosabati bilan ushbu davlatning Masqatdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Abdusalom Xatamov O‘zbekiston elchixonasi nomidan Yaman xalqiga hamda Yaman elchisi Dr. Khaled Shatef janoblariga chuqur hamdardlik izhor etdi. Yamanni 2012-yildan 2022-yilgacha boshqargan Abdurabbu Mansur Hadi 1945-yil 1-sentabrda Yamanning Abyan viloyatida tug‘ilgan.

U uzoq yillar davomida mamlakatning harbiy va siyosiy tizimlarida faoliyat yuritgan. 1994-yildan 2012-yilgacha Yaman vitse-prezidenti lavozimida ishlagan. 2012-yilda prezident etib saylangan Hadi mamlakatdagi murakkab siyosiy va xavfsizlik vaziyatida davlatni boshqargan. 2022-yilda prezidentlik vakolatlarini Prezidentlik rahbariyati kengashiga topshirganidan so‘ng ham Yaman siyosiy hayotida muhim arbob sifatida e’tirof etib kelingan.

  ...