Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Ijtimoiy rivojlanish vaziri Laylo al-Najjor xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.



O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Ijtimoiy rivojlanish vaziri Laylo al-Najjor xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish, ko‘makka ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida O‘mon tomoni bilan ijtimoiy sohada yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni faollashtirish, o‘zaro amaliy tashriflarni uyushtirish hamda qo‘shma malaka oshirish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.


  ...