
2026-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov Suriya Arab Respublikasining O‘mon Sultonligidagi vaqtincha ishlar vakili janob Xolid Alayubiyni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari, shuningdek, turli yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘mon Sultonligi hududidagi ikki davlat diplomatik vakolatxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, aloqalarni faollashtirish hamda O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida qo‘shma faoliyatni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tdi. Tomonlar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga bo‘lgan qat’iy intilishlarini tasdiqladilar.