Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni

O'zbekiston yangiliklari


...
Ўмонда Ўзбекистоннинг туризм салоҳиятига бағишланган тақдимот ўтказилди

Яқинда Маскат шаҳрида юртимизнинг Ўмон Султонлигидаги элчихонаси ва “Oman Air” авиакомпанияси ҳамкорлигида “Ўзбекистон ва Ўмонни кашф этинг: икки томонлама туризм алоқаларини ривожлантириш” мавзусида тадбир ташкил этилди.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov Jazoirning O‘mon Sultonligidagi Elchisi Muhammad Bougazi janoblarini O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqot davomida ikki davlat vakillari o‘zaro manfaatlarga daxldor bo‘lgan qator muhim masalalar yuzasidan mazmunli hamda konstruktiv fikr almashdilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligining yirik biznes vakillaridan biri, “Al Siyabi International Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Shayx Salim Ali al-Siyabiyni O‘zbekiston Elchixonasida qabul qildi.

Uchrashuv davomida ular ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi sheriklik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi Ijtimoiy rivojlanish vaziri Laylo al-Najjor xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish, ko‘makka ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.



...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa al-Harisiy bilan uchrashdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holati hamda ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, siyosiy muloqotni kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.


...
O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi Elchisi Abdusalom Xatamov Yaman Respublikasining sobiq prezidenti feldmarshal Abdurabbu Mansur Hadi vafoti munosabati bilan ushbu davlatning Masqatdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

Abdusalom Xatamov O‘zbekiston elchixonasi nomidan Yaman xalqiga hamda Yaman elchisi Dr. Khaled Shatef janoblariga chuqur hamdardlik izhor etdi. Yamanni 2012-yildan 2022-yilgacha boshqargan Abdurabbu Mansur Hadi 1945-yil 1-sentabrda Yamanning Abyan viloyatida tug‘ilgan.


...
Global o‘zgarishlar sharoitida samarali transport aloqasini shakllantirish

Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichi xalqaro ta’minot zanjirlarining keng miqyosda o‘zgarishi va geosiyosiy beqarorlikning kuchayishi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda o‘zaro transport bog‘liqligi iqtisodiy xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim omillaridan biriga aylanib bormoqda.