O‘mon O‘zbekiston mustaqilligini 1991 yil dekabrda tan olgan.
Diplomatik munosabatlar 1992 yil 22 aprelda o‘rnatilgan.
Toshkentda O‘mon elchixonasi 2010 yil aprel oyida o‘z faoliyatini boshlagan.
Masqatda O‘zbekiston elchixonasi 2018 yil iyul oyida o‘z faoliyatini boshlagan.
Birinchi Oliy darajadagi tashrif 2009 yil 4-6 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimovning O‘mon Sultonligiga amalga
oshirgan davlat tashrifi bo‘lgan.
Tashrif davomida 19 ta hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolangan.
2008 yilda Nyu-Yorkda ikki davlat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolangan.
Siyosiy maslahatlashuvlarning 1-davrasi 2010 yil 13-17 may kunlari O‘mon tashqi ishlarga mas’ul vazir Yusuf bin Alaviy O‘zbekistonga tashrifi
chog‘ida bo‘lib o‘tgan.
Siyosiy maslahatlashuvlarning 7-davrasi 2022 yil 20-21 sentyabr kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari F.Sidikov boshchiligidagi
delegatsiyaning O‘monga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan.
2018 yil martda O‘mon Sultonligining o‘sha vatdagi meros va madaniyat vaziri Haysam bin Toriq Ol Said (2020 yil 11 yanvardan O‘mon Sultoni)
Toshkent shahrida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yangi binosining ochilish marosimida ishtirok etgan.
2024 yil 15 aprelda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo–Ko‘rfaz arab davlatlari” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi
yig‘ilishida O‘mon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiy ishtirok etdi.
Tashrif doirasida O‘mon TIV rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilindi.
2024 yil 25-26 iyun kunlari O‘zbekiston TIV rahbari boshchiligidagi delegatsiyaning Masqatga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.
2024 yil 24 sentyabrda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Nyu-Yorka shahrida O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy bilan uchrashdi.
2025 yil 24 fevralda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Toshkentda O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy bilan uchrashdi.
2025 yil 24 fevralda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘mon TIV rahbari Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi.
2025 yil 8 martda O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Jidda shahrida O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayyid Badr bin Hamad al-Busaidiy bilan uchrashdi.
2025 yil 7 aprelda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning
150-yubiley Assambleyasi doirasida O‘mon Sho‘ro kengashi raisi Xolid bin Hilol Al-Ma’avalini qabul qildi.
2025 yil may oyida tarixda ilk bor Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘mon Tashqi ishlar vazirligi yosh diplomatlari malakasini
oshirish bo‘yicha maxsus kurs tashkil etildi.