Madaniy va gumanitar hamkorlik
IIkki davlat o‘rtasida O‘zbekiston kutubxonalarida saqlanayotgan yuz mingdan ziyod qo‘lyozma asarlar hamda arxitektura yodgorliklarini
o‘rganish va ularni himoya qilish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatilgan.
2018 yilning mart oyida O‘mon Sultonligi moliyaviy ko‘magida qurib bitkizilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti
yangi binosini qurilishi uchun 20 mln. AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflangan.
2019 yil 11-15 mart kunlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi direktori J.X.Ismailova boshchiligidagi delegatsiya O‘monga tashrif
buyurdi. Safar davomida O‘mon milliy muzeyi bosh direktori Jamol al-Musaviy bilan muzokaralar o‘tkazilib, ikki davlat muzeylari
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.
2019 yil 8-12 iyul kunlari O‘mon Hujjat va arxivlarni saqlash bo‘yicha milliy boshqarmasi rahbari Hamid ad-Davyaniy
boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida «Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik
instituti bilan O‘mon Hujjatva arxivlarni saqlash bo‘yicha milliy boshqarmasi o‘rtasida qo‘lyozma va arxivlashtirish sohasida o‘zaro
hamkorlik bo‘yicha Anglashuv memorandumi» imzolandi.
O‘mon delegatsiya vakillari O‘zbekistonda o‘tkazib kelinayotgan “Maqom” (2018 yil 6-10 sentyabr, Shahrisabz shahri),
“Sharq taronalari” (2019 yil 25-30 avgust, Samarqand shahri) va Hunarmandlar (2019 yil 10-15 sentyabr, Qo‘qon shahri)
kabi ko‘plab xalqaro festivallarda ishtirok etib kelmoqdalar.
2020 yil 16 dekabrda O‘monda bo‘lib o‘tgan Osiyo Olimpiya Kengashining 39-bosh Assambleyasida O‘zbekiston olimpiya
qo‘mitasi raisi R.Shaabduraxmonov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
2023 yilning 26-29 avgust kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning Masqat shahriga amaliy tashrifi tashkil qilindi.
Sulton Qobus nomidagi oliy fan va ta’lim markazida har yili 20 dan ortiq o‘zbekistonlik o‘qituvchi va talabalar o‘zlarining arab tilidagi
bilimlarini oshiradi.
2024 yilda O‘mondagi Masqat universiteti Samarqand va Buxorodagi universitetlar hamda Toshkentdagi Nordik xalqaro universiteti bilan
hamkorlik hujjatlarini imzoladi.
2024 yil 23-27 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan “Buyuk ajdodlar merosi - III Renessans poydevori”
VIII Xalqaro kongress ishida Sulton Qobus universiteti, Tarbiya fakultetining Islomshunoslik kafedrasi professori, Sultonlikdagi nufuzli
teolog olim Sayf bin Salim al-Hadi ishtirok etdi.
2024 yilning 15-16 oktyabr kunlari Toshkent va Xiva shaharlarida bo‘lib o‘tadigan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” mavzusidagi
xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘mondan nufuzli vakil - Davlat Kengashi (parlamentning yuqori palatasi) a’zosi, Ijtimoiy va
madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi professor Muhammad al-Hajariy ishtirok etdi.
2025 yil 20 yanvar kuni O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekiston Qahramoni Munojaat Yo‘lchiyeva “Bayt az-Zubeyr” fondi tomonidan
tashkil etilgan so‘fiy musiqa festivalida ishtirok etdi.
2025 yilning 15-16 aprel kunlari Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov boshchiligida Buxoro viloyati delegatsiyasi
(Buxorodavlat universiteti va viloyat filarmoniyasi vakillari)ning O‘mon Sultonligidagi Masqat va Nizva universitetlariga tashrifi
amalga oshirildi.